Jahon tillari va matematikaga ixtisoslashtirilgan zamonaviy xususiy maktab. 1-sinfdan 11-sinfgacha bo’lgan o’quvchilarimizga xalqaro standartlardagi ta’lim va g’amxo’r tarbiyani taqdim etamiz.
Qadriyat maktabida har bir o’quvchi xalqaro darajadagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladi. Dasturimiz ingliz tili, matematika va aniq fanlarga alohida e’tibor qaratadi.
Har bir bolaning o’ziga xos rivojlanish yo’lini qadrlaydigan zamonaviy ta’lim muhiti.
1-sinfdan 11-sinfgacha o’zbek va rus tillarida sinflar mavjud. Har bir yosh guruhiga mos dastur.
Xalqaro sertifikatlar va eng so’nggi pedagogik texnologiyalar orqali ta’lim sifati kafolatlanadi.
Chet ellik mutaxassislar bilan birga ta’lim va til o’rganish amaliyoti yo’lga qo’yilgan.
Narx farzandingizning sinfi va tanlangan dasturga qarab belgilanadi. Batafsil ma’lumot uchun hoziroq murojaat qiling!
✦ Maxsus imtiyozlar
Prezident yoki Ibn Sino maktablari imtihonlarida yuqori ball to’plagan
Bir oiladan ikki va undan ortiq farzandlari bizda ta’lim olayotgan
Kam ta’minlangan oila farzandlari uchun maxsus imtiyoz
"Bizning maqsadimiz — har bir o’quvchimizga g’amxo’rlik bilan yuksak sifatli ta’lim va tarbiya berib, ularni kelajakka munosib tayyorlashdir. Qadriyat — bu shunchaki maktab emas, bu oila."Anvarjonova Muqaddamxon Anvarjon qizi Maktab asoschisi
1993-yil Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani Oqtepa MFY ziyoli oilasida tug’ilgan. Oilali, 5 nafar farzandi bor. 2014-yili Farg’ona davlat universiteti Pedagogika fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan. 2013–2015-yillarda Qo’shtepa tumani 15-maktabda ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi, 2015–2024-yillarda Qo’shtepa tumani 8-maktabda oliy toifali boshlang’ich sinf o’qituvchisi, 2025–2026-yillarda shu maktabda o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. "Bola tarbiyasida pedagog tavsiyasi" kitobi muallifi. Rus va turk tillarida erkin so’zlasha oladi.
"Bizning qadriyatimiz — sizning farzandingiz!"
Ma’lumotlaringizni qoldiring va biz siz bilan bog’lanamiz.
Javob topa olmasangiz, adminimizga murojaat qiling.
Faqat ariza topshirish kifoya — saytdagi forma yoki Telegram bot orqali. Hujjatlar suhbat vaqtida talab qilinadi. Ariza qabul qilingach, operator 1–2 ish kuni ichida siz bilan bog'lanadi.
To'lov miqdori farzandingizning sinfi va dasturiga qarab belgilanadi. To'lov bank o'tkazmasi yoki naqd orqali amalga oshiriladi. Aniq narxni bilish uchun murojaat qiling — operatorlarimiz tushuntiradi.
1-sinfdan 11-sinfgacha barcha sinflarga qabul mavjud. O'zbek tili va rus tili bo'limlari ishlaydi. 1-sinfga kirish uchun bola 6–7 yoshda bo'lishi lozim.
Darslar 8:00 da boshlanib, 17:00 da tugaydi. Maktab o'quvchilarga 3 mahal issiq va sifatli ovqat taqdim etadi. Sanitariya-gigiyena me'yorlariga to'liq amal qilinadi.
Ha, barcha o'quvchilar uchun bepul transport xizmati mavjud. Marshrut va vaqt jadvali maktab ma'muriyati tomonidan belgilanadi.
Chegirma olish uchun tegishli hujjatlarni (Prezident/Ibn Sino imtihon natijasi, oila holati to'g'risidagi guvohnoma va h.k.) maktab ma'muryatiga topshiring. Chegirma miqdori individual belgilanadi.
Farg’ona viloyati, Qo’shtepa tumani
Sarmazor MFY
Sharq ko’chasi 28-uy
Mo’ljal: "Global Tekstil" yonida